Qayd etilishicha, Toshkent—Oʻsh avtomobil yoʻlining Qamchiq dovoni qismida qor yogʻishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, koʻruvchanlik 50 metrgacha yomonlashishi, shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, yoʻlda qor uyumlari, yaxmalak hosil boʻlishi mumkin.
Shu bois vazirlik mazkur yoʻnalish boʻyicha harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirdi.