FVV Kattaqoʻrgʻondagi portlash voqeasiga munosabat bildirdi

    Voqea-hodisalar 30 Mart 2023 1373

    Bugun, 30-mart kuni soat taxminan 10:40 larda Kattaqoʻrgʻon tumanida joylashgan eski tovuq fabrikasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgan.

    FVV Matbuot xizmatining xabariga koʻra, viloyat FVB masʼul xodimlari tomonidan voqea joyiga chiqqan holda oʻrganish ishlari amalga oshirilmoqda.

    Chaqnash oqibatida vafot etgan va tan jarohati olganlar haqida xabarlar kelib tushmagan. Chaqnash oqibatida yongʻin sodir boʻlmagan.

    Yaqin vaqtlarda kelib chiqish sabablari haqida qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi", - deyiladi xabarda.