Bugun, 31-yanvar kuni soat 07:55 larda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumani “Okterak” MFYda joylashgan 2 qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan tuman FV boʻlimi yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib borgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlum qilishicha, chaqnash oqibatida 4 nafar fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

“Hozirda chaqnashning sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.