Kecha, 3-yanvar kuni Namangan viloyati Chortoq tumani “Ayqiron” MFY hududidan oqib oʻtuvchi katta Namangan kanaliga “Nexia-2” rusumli avtomobil haydovchisi noqulay ob-havo tufayli boshqaruvni yoʻqotib, tushib ketganligi toʻgʻrisida tuman FVga xabar kelib tushgan. Maʼlum boʻlishicha avtomobilda haydovchi va bir nafar yoʻlovchi boʻlgan.
Shunga koʻra zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar va Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar texnikalarini jalb qilgan holda avtomobil kanaldan olib chiqilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.