Polkovnik Zulfiqor Pardaqulivich Qilichov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy taʼminoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Zulfiqor Qilichov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Safarbarlik boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida xizmat qilgan.
Polkovnik Fayzullo Abdullayevich Azizov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Shu kunga qadar polkovnik Fayzullo Azizov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika moddiy-texnik taʼminot markazi boshligʻining oʻrinbosari -Taʼminot bazasi boshligʻi lavozimida mehnat qilgan.
Podpolkovnik Xurshid Ergashevich Sadirov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tashkiliy-tahlil boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Ushbu lavozimga qadar u avval Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi Favqulodda vaziyatlarni bashoratlash va monitoring boʻlimi boshligʻi vazifasida xizmat qilgan.
Polkovnik Abdurazzoq Abduxolikov Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. U hozirgi kunga qadar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.