G5 Benshmark raqamli transformatsiyani baholovchi jami 70 ta ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi. U 193 mamlakat har birining milliy siyosiy va me’yoriy-huquqiy bazasining rivojlanishiga asosan to‘rtda darajaga ajratib baholanadi.
Hisobot har ikki yilda bir marotaba e’lon qilinadi.
2021 yilda e’lon qilingan G5 Benshmark hisobotida O‘zbekiston 19,44 ko‘rsatkichni qayd etgan edi. 2023 yilda mamlakatning ushbu ko‘rsatkichi +22.54 ballga yuqorilab, 41,98 ni tashkil qildi. Bu o‘sish ko‘rsatkichi bilan eng ko‘p yuqorilagan davlatlardan biri bo‘ldi.