140 kishi jarohatlandi, yana 18 kishi bedarak yo'qoldi. 40 mingga yaqin odam xavfsiz joyga ko'chirildi. 31 mingdan ortiq uy qisman suv ostida qoldi. Tabiiy ofatdan jabrlanganlar oziq-ovqat, dori-darmon va gigiyena vositalari bilan ta'minlanmoqda.
3-iyun kuni ko'tarilgan “Arlen” tropik bo'roni sababli mamlakatda kuchli yomg'ir yog'di. Yog'ingarchilik natijasida bir qancha daryolar o'zanidan toshib chiqdi, toshqin va ko'chkilar yuzaga keldi, deb xabar beradi mir24.tv.