“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga kirish vaqtinchalik toʻxtatiladi

    Harbiy 6 Aprel 2022 2818

    Bu haqda Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi maʼmuriyati maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilyapti.

    Shu munosabat bilan joriy yilning 6-aprelidan 30-aprel kuniga qadar tashrif buyuruvchilar uchun kirish vaqtinchalik toʻxtatildi, deyiladi xabarda.