Tadqiqotlar Astrophysical Journal nashrida, universitet saytida e'lon qilindi. Ko'plab galaktikalar yangi materiallarning to'planishi hamda ulardan yulduzlar hosil bo'lishi orqali kengayib borishi ilm-fanda o'z isbotini topgan. Biroq bu materiallar qayerdan olinishi noma'lum edi.
Tadqiqotlar galaktika atrofini yonilg'i manbalari qamrab olganini tasdiqladi. Olimlar aynan mana shu manbalardagi yonilg'ining galaktikaga o'tib qolishi natijasida yangi yulduzlar va sayyoralar hosil bo'ladi, deb hisoblamoqda, deyiladi rg.ru saytida.