U galaktikamizda 500 mingta yangi yulduz va Quyosh tizimida avval noma'lum bo'lgan 156 mingta asteroidni kashf etdi.
Gaia Quyosh atrofida Uebb kosmik teleskopi bilan bir xil joyda – Yerdan 1,5 million kilometr uzoqlikda aylanadi. U o'z ishini 2013-yil dekabr oyida galaktikamizning to'liq xaritasini tuzish va iloji boricha ko'proq yangi yulduzlar va boshqa kosmik jismlarni aniqlashdan boshlagan.
Bu safar Gaia galaktikamizdagi eng katta yulduzlarni – Yerdan 17 ming yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan Omega Sentavrni kuzatdi. Teleskop aynan shu yerda 500 mingta yangi yulduzni kashf etdi, deb xabar beradi korrespondent.net.