Hujjat Prezidentning “Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urugʻchiligini yoʻlga qoʻyishni rivojlantirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 26-noyabrdagi PQ-4901-son qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan.

Tashkil etilayotgan Gʻallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklariga Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan moliyalashtirish talablari va shartlari tatbiq etiladi (19.07.2017-yildagi 530-son VMQ bilan ttasdiqlangan).

Tegishincha Jizzax, Buxoro va Samarqand viloyatlarida tashkil etiladigan Gʻallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklarining yer maydonlari tasdiqlandi. Xususan, Gʻallaorol oʻrmon xoʻjaligining umumiy maydoni 37 870 ga, Urgut oʻrmon xoʻjaligi – 10 577 ga, Kogon oʻrmon xoʻjaligi – 1 000 ga ni tashkil etadi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 10.08.2021-yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova.