O'zbekiston elchixonasi tomonidan bir qator muzokaralar tashkil etildi. Uchrashuvlar chog'ida Misr vakillariga mamlakatimiz, xususan G'allaorol tumanining iqtisodiy-investitsiyaviy salohiyati haqidagi muhim ma'lumotlar taqdim etildi.

Misrning "ECAD" kompaniyasi raisi Amr al-Hafniy, "Al-Hanaa" kompaniyasi raisi Amr al-Murshidiy, Qishloq tadqiqotlari markazi maslahatchisi Essam Vasif bilan kechgan suhbat davomida G'allaorol tumanida qishloq xo'jaligi va chorvachilik sohasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.

Misr vakillari Jizzax viloyati ishbilarmonlari bilan hamkorlikda cho'l hududlarida qo'shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Iskandariya viloyatida o'tkazilgan uchrashuvda Misr tajribasi asosida G'allaorol tumanidagi lalmi maydonlarda qand lavlagi yetishtirish bo'yicha kelishib olindi.