Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazining yetakchi mutaxassisi Fyodor Lisisыn koronavirus bilan qayta zararlangan bitta ishonchli klinik holat haqida xabar berdi. U bu haqda u “Rossiya 24” kanali efirida soʻz yuritdi.

“Hozir yangi koronavirus turini qayta yuqtirishning bitta klinik holati aniqlandi”, — deydi olim.

U kasalliklar oʻrtasida 148 kun oʻtganligini taʼkidladi. Mutaxassislar Tuvada koronavirusni yana bir bor yuqtirgan holatni koʻrib chiqmoqda, ammo Lisisыnning soʻzlariga koʻra, bu hali tasdiqlanmadi. Avgust oyi oxirida bemor respublika rahbari Sholban Kara-ool ekanligi xabar qilindi.

Shuningdek, Belgiya, Gollandiya va Gonkongda COVID-19 infeksiyasini takroriy yuqtirish hollari maʼlum qilingan.