Xabarda ta’kidlanishicha, Toshkent viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulov va Ganalik investor Kelvin Logo Kvasi Angren bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Angren shahar sport maktabiga qarashli “Kimyogar” stadionini va ushbu hudduda sportchilar uchun sport bazasini yangidan barpo etish loyihasi ko‘rib chiqildi.
Mazkur loyiha davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, investor tomonidan 2,5 mln dollor investitsiya kiritishi bo‘yicha muzokoralar o‘tkazildi.
Shuningdek tomonlar loyihalarning iqtisodiy samaradorligi va ijtimoiy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi. Xorijiy investorga ko‘maklashish, loyihalarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning keyingi istiqbollari atroflicha tahlil etildi.