Avval xabar berganimizdek, 8-18 yoshlilar o‘rtasidagi ushbu musobaqada 10 ta davlatdan jami 268 nafar yosh shaxmatchi g‘oliblik yo‘lida o‘zaro dona surdi. Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi klassik yo‘nalishi bahslarida 5 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Qozog‘iston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni band etdi. Kuchli uchlikka hindistonlik shaxmatchilar 6 ta (2 tadan oltin, kumush va bronza) medali bilan yakun yasab berdi.