Prokuratura ma'lumotlariga ko'ra, voqea seshanba kuni kechqurun, soat 21:00 atrofida Gatchinada sodir bo'lgan. Qayd etilishicha, motoparaplan bortida ikki kishi bo'lgan. Ikkalasi ham halok bo'ldi.

Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Paraplanchilar parvoz qilish uchun ruxsat olgani yoki olmagani masalasiga oydinlik kiritilyapti. Leningrad-Finlyandiya transport prokurori Aleksey Optovkin va uning o'rinbosari Dmitriy Kokoryev voqea joyiga jo'nab ketdi, deb xabar beradi mir24.tv.