Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Oliy Majlisi palatalari va Polsha Milliy Assambleyasi oʻrtasidagi muloqotni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilib, bu ikki davlatning uzoq muddatli manfaatlariga mos keladi. Oʻzaro tashriflar tashkil etish, qonun ijodkorligi, inson huquqlari sohasida tajriba almashish orqali hokimiyatning qonun chiqaruvchi tarmoqlari oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston-Polsha munosabatlarining ustuvor yoʻnalishi boʻlgan iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish yuzasidan fikr almashildi. Qoʻshma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishdan oʻzaro manfaatdorlik bildirildi.

Madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, jumladan, 2022-2026-yillarga moʻljallangan madaniyat, fan, oliy taʼlim, maʼrifat va sport sohalaridagi hukumatlararo ijro dasturini toʻliq amalga oshirish zarurligi qayd etildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.