“Raʼno Kamalovna” fermer hoʻjaligi uzumchilikka ixtisoslashgan boʻlib, 3 gektar maydonda uzumning mahalliy ertapishar navlaridan charos, husayni yetishtirsa, kuzda esa toyfi turini yetishtiradi. Qoraqalpogʻiston sharoitiga mos uzum navlari yetishtirishning yaxshi tomoni ham bor, bu ichki bozor bilan birga eksportbop boʻlib, tami oʻzi bilan saqlanadi. Kuz faslidagi toyfi navi ob-havo salqinlashsa yanada mazasi yaxshi boʻladi. Oʻz vaqtida berilgan eʼtibor ham uzumning yaxshi hosil berishiga sabab boʻladi.
— Turli hasharotlardan saqlash maqsadida agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida amalga oshiriladi, — deydi fermer hoʻjalik rahbari Raʼno Yuldasheva. — Yiliga gektaridan 10 milliongacha daromad olaman. Buning uchun oʻgʻlim bilan birga tinmay mehnat qilamiz. Kuz faslining ham oʻziga yarasha tarovati bor. Mehnatga yarasha dalada hosil ham moʻl.
Beruniy tumanida 95 ta fermer hoʻjaligi 193 gektar maydonda uzum yetishtiradi. Tumanda 2021-yil davomida 71 gektar maydonda yangidan tokzorlar barpo etildi.
Minajatdin QUTLIMURATOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri