Vazirlik gaz jihozlaridan foydalanishda quyidagilarga rioya qilish soʻraldi.

➖ isitish mavsumi boshlanishidan oldin binoning moʻri va havo almashish yoʻlaklarini mutaxassislar tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlang;

➖ gaz jihozlarini oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulamang va joyini oʻzgartirmang;

➖ nosoz isitish qurilmalari va gaz jihozlaridan foydalanmang, mutaxassis ishtirokisiz gaz jiholarini taʼmirlashga yoʻl qoʻymang;

➖ gaz jihozlari va isitish qurilmalari joylashgan binolarda havo almashish kanallarining doimiy ochiq holatda boʻlishini taʼminlang;

➖ moʻri va havo almashish yoʻllarinining texnik jihatdan soz boʻlishini taʼminlang, gaz jihozlari va isitish qurilmalarini qarovsiz qoldirmang;

➖ yosh bolalarning gaz jihozlaridan foydalanishiga yoʻl qoʻymang;

➖ gaz jihozlari joylashgan xonadan dam olish va uxlash maqsadida foydalanmang;

➖ tabiiy gaz sizib chiqishi holatini aniqlash uchun ochiq olovdan foydalanmang;

➖ gaz quvurlariga har xil soʻrgʻichlar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻymang;

➖ gaz plitasidan kiyimlarni quritish va boshqa maqsadlarda foydalanmang;

➖ bino ichida gaz hidini sezsangiz elektr jihozlarini yoqib oʻchirmang, gugurt yoqmang, xonani zudlik bilan shamollating hamda tumangaz taʼminoti boʻlimiga (104) qoʻngʻiroq qiling.