Unda fuqaro N.M. «M.» fermer xo'jaligiga qarashli dala shiyponida ohak ishlab chiqaruvchi yashirin tsex tashkil qilgani aniqlandi. N.M. yuqori bosimli gaz tarmog'iga o'zboshimchalik bilan ulanib, ohak ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanib kelganligi oqibatida «Hududgazta'minot» AJ manfaatlariga 1,7 milliard so'm zarar etkazganligi ma'lum bo'ldi.
Mutaxassislar hisob-kitobiga ko'ra, noqonuniy ravishda foydalanilgan tabiiy gaz kuz va qish mavsumida 200 ga yaqin xonadonni isitish, choy va ovqatiga etib ortar ekan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 1852-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.
Mohigul Nazarova,
jurnalist