Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahri Barkamol avlod mahallasida tadbirkorlar bilan muloqot qilmoqda.

Qayd etilganidek, sanoat va xizmat koʻrsatishni tiklash uchun respublika boʻyicha:

– kuniga 80 million kub metr gaz

va 126 million kilovatt soat elektr yetkazib beriladi (hozir – 70 million kub metr gaz va 120 million kilovatt soat elektr berilmoqda);

– bir hafta ichida gaz quyish shoxobchalariga kunlik 5 million kub metr gaz yetkazib beriladi (hozir – 1 million kub metr).

–Bu borada yana bir masala – Andijon

va Fargʻonada boʻlgan uchrashuvlarda koʻplab tadbirkorlar elektr ishlab chiqarishni oʻzi yoʻlga qoʻyish, kichik quyosh stansiyalarni va mikroGESlar qurishga tayyorligini bildirdi. Bunday tashabbusi bor Namangan tadbirkorlarini ham, albatta, qoʻllab-quvvatlaymiz,– dedi Prezident.

Qurilish va qurilish materiallari tarmoqlarini tezroq tiklash uchun, davlat investitsiya dasturidan 3 trillion soʻmlik moliyalashtirish shu haftadan ochilishi maʼlum qilindi.

Xususan, Namanganda infratuzilmani yaxshilashga bu yil 1,3 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.