Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Sirdaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimining taʼmirlash xizmati boshligʻi M.K. fuqaro M.R.ning ijarada yashayotgan xonadonida tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib, 6,3 mln soʻm zarar aniqlanganligi holati boʻyicha tuzilgan dalolatnomani yoʻq qilib berish evaziga 1 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.