Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, Yangiyo'l tumanida joylashgan “G.A.” va “N.M.” MChJlarga qarashli avtomobillarga gaz to'ldirish shoxobchasida o'rnatilgan gaz hisoblagichlarga qasddan shikast yetkazilib, uskuna ko'rsatkichlarini o'zgartirish orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinganligi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga jami 2,3 mlrd so'm zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.