“Bunday ichimliklarda ortofosfor kislotalarning mavjudligi tish emaliga salbiy taʼsir koʻrsatadi, oshqozonda kislota miqdorini oshiradi. Shuning uchun oshqozon-ichak kasalliklari mavjud boʻlgan odamlarga bunday ichimliklar ichish tavsiya etilmaydi. Ortofosfor kislotasi kalsiyni soʻrilishiga salbiy taʼsir etib, uning suyaklardan yuvib tashlaydi”, deydi I. Pisareva.

Uning aytishicha, shirin gazlangan ichimliklar chanqoqni qondirmaydi. Bunday ichimliklar ichish jarayonida ogʻizdagi soʻlak qurishni boshlaydi. Natijada chanqoq bosilmaydi.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, homilador ayollar, kichik yoshli bolalar, yurak-qon tomir tizimi, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarga shirin gazlangan ichimliklar ichish tavsiya etilmaydi.