Bunda gaz gaz taʼminoti korxonalarining ham alohida oʻrni bor. Shundan kelib chiqib, “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali negizida tashkil etilgan loyihalashtirish boʻlimi tomonidan oʻtgan yili ijtimoiy soha va tadbirkorlik subyektlari uchun 35 ta gazlashtirish loyihalari amalga oshirildi. Yerli xonadonlarni gazlashtirish boʻyicha esa 300 ta loyiha-smeta hujjatlar ishlab chiqilgan.
2023-yilning ayni vaqtiga qadar esa boʻlim tomonidan aholi xonadonlarini gazlashtirishga 51 ta, ulgurji isteʼmolchilar uchun 6 ta loyiha-smeta hujjatlari tayyorlandi. Shu tariqa viloyatda gaz quvurlarini mukammal va joriy taʼmirlash, muhofaza zonasida qurilgan obeʼktlardan oʻtgan yer osti gaz quvurlarini xavfsiz joyga, yaʼni yer ustiga koʻchirish uchun montaj ishlari ushbu boʻlim tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar asosida olib borilmoqda.
Shuningdek, viloyat hududidagi Davlat dasturiga kiritilgan “Erkin ikqisodiy zonalar”, “Kichik sanoat zonalari”, “Yoshlar tadbirkorlik sanoat zonalari”, Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini gazlashtirish boʻyicha ham loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi.
Hozirda bunday hujjatlarni ishlab chiqishda tabiiy gazni boshqarish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga mosligi va energiya tejamkor gaz jihozlarining oʻrnatilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Boisi, bu “zangori” yoqilgʻini iqtisod qilish va undan xavfsiz foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Bulardan koʻzlangan maqsad aniq: isteʼmolchilarga qulaylik yaratish va bu boradagi ovoragarchiliklarga barham berishdir.