«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabar berishicha, tadbir davomida Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan davlat raqam mavjud bo‘lmagan UAZ rusumli avtotransport vositasi to‘xtatib tekshirilgan.
Avtotransport yukxonasida bo‘lgan har birining hajmi 60 litrni tashkil qiladigan 24 dona bo‘sh yelim bochka xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, haydovchi Buxoro viloyati Qorako‘l tumani, Ziyorat MFY, Ziyorat qishlog‘ida yashovchi fuqaro Abdujabbor Avezov hech qanday hujjatlarsiz avtomashinani boshqarib kelgani aniqlangan.
Yelim bochkalar esa burg‘ilash ishlari olib borilayotgan uchastkalaridan dizel yoqilg‘isini olib ketish maqsadida keltirilganligi aytilmoqda.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari tomonidan barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.