Ana shunday hamkorlik doirasida “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi masʼullar hamda “Gazmprobank” AJning Aleksey Matveyev boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari oʻrtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlash kerakki, Rossiyaning eng yirik universal banklaridan biri boʻlgan va Markaziy hamda Sharqiy Yevropadagi banklar roʻyxatida xususiy kapitali boʻyicha yetakchi oʻrinni egallagan “Gazprombank” AJ bilan muvaffaqiyatli faoliyat borasida alohida taʼkidlash kerak. Bank kompaniyaning asosiy loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etyapti.
Bugungi kunda “Gazprombank” AJ bilan hamkorlik doirasida strategik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun qariyb 1,1 milliard dollar miqdorida bank krediti jalb qilingan. Ayni bugungi uchrashuvda ham, “Oʻzbekneftgaz” AJ loyihalarni moliyalashtirish istiqbollari va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlarning koʻp yillik hamkorligi davomida qisqa muddatda sezilarli natijalarga erishishga imkon beradigan samarali taʼsir oʻtkazish mexanizmlari shakllantirildi.
Dunyodagi yirik korxonalar roʻyxatida (yoʻnalishi boʻyicha) 6-oʻrinda eʼtirof etiladigan “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirish maqsadida Xitoy, Rossiya va Koreya banklaridan 2,3 milliard dollar miqdorida kredit mablagʻlari, jumladan, “Gazprombank”dan olingan kreditlar – 120 million dollarni tashkil etadi.
Bundan tashqari, “Gazprombank” moliyaviy maslahatchi sifatida faoliyat koʻrsatdi: u loyihaning moliyaviy modelini tanlashda muhim rol oʻynagan, Xitoy va Koreya banklari bilan muzokaralarda va kredit shartnomalarini tuzishda faol ishtirok etgan.
GTL loyihasining mantiqiy davomiga aylangan “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi” doirasida 280 ming tonna polietilen, 100 ming tonna polipropilen va 50 ming tonna pirol distillatni ishlab chiqarishni yanada koʻpaytirish uchun 430 ming tonna miqdorida sintetik nafta qayta ishlanadi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha yangi istiqbolli gaz-kimyo loyihalari, shartnomalarni bank tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish, shuningdek, ushbu sohadagi tajribani oʻrganish boʻyicha hamkorlik nuqtayi nazaridan istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlarini oʻrganish, zarur maʼlumotlar almashishga qaror qilindi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.