Bu haqda AQSh ma'muriyatidagi manbalarga tayanib, The Washington Post gazetasi ma'lum qildi.
Nashr ta'kidlaganidek, Amerika rasmiylari G'azo sektorini rekonstruktsiya qilish, iqtisodiy rivojlantirish va o'zgartirish bo'yicha GREAT Trust (Gaza Reconstitution, Economic Acceleration and Transformation Trust) trast fondini tuzish bo'yicha loyihasini ishlab chiqqan.
WP ma'lumotlariga ko'ra, u “anklavni kamida 10 yilga Amerika protektoratiga o'tkazishni” nazarda tutadi.
AQSh G'azo sektorini tiklash uchun o'z mablag'larini sarflashni rejalashtirmayapti va kamida 100 milliard dollar sarmoya jalb qilishnishiga umid qilmoqda, bu esa, investorlarga to'rt barobar foyda keltirishi kerak.
Shu bilan birga, gazeta yozganidek, reja “G'azoning hech bo'lmaganda ikki milliondan ortiq aholisini vaqtinchalik ko'chirilishini” nazarda tutadi. Taxminlarga ko'ra, yerni qayta tiklash uchun topshirishga tayyor bo'lgan yer egalariga boshqa joylardan ko'chmas mulk sotib olish yoki anklav hududida qurilishi rejalashtirilgan “aqlli shaharlar”dan birida xonadonga almashtirish uchun foydalanishi mumkin bo'lgan “raqamli aktivlar” taklif etiladi.
Rejada, shuningdek, G'azo sektorini tark etishga majbur bo'lgan aholiga bir martalik 5 ming dollar to'lab, subsidiyalar berish ko'zda tutilgan, deb xabar berdi inform.kz.