Mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi tomonidan Uttar-Pradesh shtatida joylashgan “G.D. Goenka Public School” xususiy maktablar tarmogʻi boshqaruvi direktori Chandan Agarval bilan videomuloqot oʻtkazildi.
Muloqot davomida hindistonlik tadbirkor Oʻzbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishganini taʼkidlab ularga yuqori baho berdi.
“G.D. Goenka Public School” xususiy maktablar tarmogʻi Hindistondagi yetakchi kompaniyalardan biri “Goenka Group” tarkibiga kiradi. Ushbu tarmoqda musiqa, tennis, badminton va kriketga ixtisoslashgan maktablar faoliyat yuritadi.
Safar yakunida Ch.Agarval maktabgacha taʼlim va sport yoʻnalishlarida kichik loyihalarga hind kompaniyasida qiziqish paydo boʻlganini tasdiqladi. Xususan, u Toshkent shahri va viloyatlarda bosqichma-bosqich sport klublarini tashkil qilish va mazkur klublarda boshqa sport turlari bilan bir qatorda yoga mashgʻulotlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha loyihani amalga oshirish rejasini maʼlum qildi. Bundan tashqari istiqbolda ingliz tiliga ixtisoslashgan maktabgacha taʼlim muassasalarini ochish istagini bildirdi.
Muloqot natijasida qayd etilgan loyihalarga amaliy qadamlarni qoʻyish maqsadida Ch.Agarval joriy yil yakuniga qadar Oʻzbekistonga tashrif buyurishi boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.