Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–87-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini keng targʻib qilish uchun gender masalalari boʻyicha 140 nafar trener tayyorlash boʻyicha oʻquv seminarlari tashkil etildi.

Oʻquv seminarining asosiy maqsadi hududlarda targʻibot tadbirlarini tashkil etuvchi trenerlarning xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari, xotin-qizlar huquqlari hamda ularga berilayotgan imtiyozlar mazmun-mohiyati haqida bilim va koʻnikmalarini kuchaytirish hisoblanadi.

Seminarda ishtirokchilarga gender tengligi, ayollarning mehnatga oid huquqlari, ayollarni ijtimoiy himoya qilish va ularni tadbirkorlikka keng jalb etish masalasida, oilada ayollar va bolalar huquqlari, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimi, toʻgʻrisida ishtirokchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Oʻquv kursini yakunlagan trenerlar ishtirokida joylarda adliya boʻlimlari xodimlari bilan birgalikda targʻibot guruhlarini shakllantirilib, xotin-qizlar huquqlariga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini aholiga sodda tilda va tizimli yetkazishga qaratilgan targʻibot tadbirlari amalga oshiriladi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi