Unda Senat a'zolari, malakali trenerlar, parlament yuqori palatasi devoni mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Onlayn seminarda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o'tkazish tartibi to'g'risida”gi Nizom to'g'risida so'z yuritildi.
Jumladan, unga muvofiq jamiyatdagi barcha sohalarini tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlar loyihalari gender-huquqiy ekspertizadan o'tkaziladi. Bu esa hujjatlarning xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta'minlash maqsadlariga xizmat qiladi.
Seminarda gender-huquqiy ekspertizadan o'tkaziladigan huquqiy hujjat loyihasi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, xalqaro umume'tirof etilgan normalar hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi Qonuni va ushbu yo'nalishdagi masalalarni tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq bo'lishi yuzasidan tushuntirish berildi.
SHuningdek, “Gender tengligi inson xuquqlarining ajralmas ko'rsatkichi sifatida”, “Gender tengligini ta'minlashda xalqaro va milliy amaliyot”, “Gender ekspertizasiga qo'yiladigan asosiy talablar” mavzularida onlayn ma'ruzalar tinglandi.