Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Samarqand shahar IIO FMB xodimlari tomonidan olib qochilgan transport vositasi majburiy tartibda toʻxtatilgan. Shunga qaramasdan avtomashinani olib qochgan shaxs IIO FMB xodimlariga faol qarshilik koʻrsatib, avtomashina eshiklarini ochmasdan undan tushishdan bosh tortgan.
Shunda IIO FMB xodimlari tomonidan eshikni ochish va gumondor shaxsni ushlash maqsadida oxirgi zaruriyat sifatida avtomashina eshigi oynasi sindirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi boʻyicha gumondor shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.