Bu haqda Santa-Barbaradagi Kaliforniya universiteti olimlari ma'lum qilishdi. Ularning bu fikrini London geologiya jamiyati olimlari qo'llab-quvvatladi.
Amerikalik tadqiqotchilarning fikricha, issiq haroratning sayyoramiz yuqori mantiyasidan yer yuzasiga, yer qobig'iga chiqib borishi bunga asosiy sabab bo'lmoqda. Shu bois, qit'ada vulqon faolligi kuchaygan va Kilimanjaro paydo bo'lgan.
O'z navbatida, London geologiya jamiyati vakillari bu jarayon allaqachon uzunligi taxminan 3,5 ming kilometrga cho'zilgan vodiylar tarmog'ining shakllanishiga olib kelganini aytdi, deb xabar beradi mir24.tv.
Geologlarning bashorat qilishicha, materikning sharqiy qismi ajralsa, yoriq joyida dengiz paydo bo'lishi mumkin. Bir qator tadqiqotchilarning fikricha, agar Afrika uni bo'linishiga olib keluvchi tabiiy kuchlar juda sekin harakatlansa va plitalarni ajrata olmasa, qit'a yaxlitligini saqlab qolishi mumkin.