Gruziya samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 16:43 da Navoiy aeroportiga qoʻndi. Anʼanaga koʻra, yuk tashuvchi samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Xitoydan Gruziyaga uchuvchi reyslar haftasiga ikki marta Boeing 767-300 yuk tashuvchi samolyotlarida Navoiyda texnik toʻxtash bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Uzbekistan Airports.
“Georgian Airlines” Gruziyaning xususiy aviatashuvchisi boʻlib, shtab-kvartirasi Tbilisida joylashgan Gruziyaning eng yirik aviakompaniyasi hisoblanadi.