Qirgʻizistonda huquq-tartibot idoralari dorilar saqlanadigan va yashirilgan omborlarni topdi. Bu haqda Bosh vazir Kubatbek Boronov matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, omborlarda levofloksatsin, ingoverin, arbidol, ergoferon, seftriakson, kardiomagnil, tromboz, geparin, kleksan va boshqa koʻplab dorilar topilgan.
“Aniqlangan holatlar boʻyicha sudgacha ish qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda ”, dedi Kubatbek Boronov.