“B” gepatitini davolash usuli takomillashtirildi

    Rossiyalik olimlar taklif qilgan usul infeksiyalangan jigar hujayralarini virusdan toʻliq xalos qilish imkonini beradi.

    Olimlar “B” gepatitini “molekulyar qaychi” texnologiyasidan foydalangan holda davolash usulini takomillashtirdi.

    Tadqiqotchilar jamoasi molekulyar usullardan foydalangan holda anʼanaviy dorilar aniqlay olmaydigan virusning yopiq, dumaloq DNKsiga qaratilgan CRISPR/Cas9 tizimini ishlab chiqishdi. Shundan soʻng mutaxassislar uni sunʼiy sharoitda – inson hujayrasida sinab koʻrdi.

    Tajriba shuni koʻrsatdiki, “molekulyar qaychi” tegishli DNK molekulalarining 98 foizdan koʻprogʻini bartaraf etadi, CRISPR/Cas9 kompleksining oʻzi esa bir kunda parchalanadi. Olimlar bu inson organizmga tatbiq etilsa, odam DNKining moʻljallanmagan joylariga zarar yetkaza olmaydi, degan xulosaga kelishdi, deyiladi 1tv.ru saytida.