Hodisa mamlakat janubida, Bavariyaning Kissing shahrida sodir bo'ldi. Odamlar bozor rastalarida o'zlari o'rnatgan soyabonlarning sinib tushishi oqibatida jarohatlangan.

Bad-Bayerzoyenda kuchli dovul yopirildi hamda diametri sakkiz santimetrgacha bo'lgan do'l yog'di. Noqulay ob-havo tufayli favqulodda holat e'lon qildi. Shahardagi aksariyat binolar yog'ingarchilik tufayli jiddiy zarar ko'rdi, biroq hech kim jabrlanmadi, deb xabar beradi mir24.tv.