Germaniya kompaniyalari yurtimizda yana ikkita yangi zavod qurmoqchi

    Oʻzbekistonning Berlindagi elchixonasida “Arton” va “Wehrhahn Gmbh” kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Unda Germaniya kompaniyalari vakillari tomonidan 2024-yilda Urganch hamda Andijon shaharlaridagi foydalanishga topshiriladigan ikkita yangi zavod uchun ishlab chiqarish liniyalarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolandi.

    Mazkur zavodlarda bozorda tobora xaridorgir boʻlib borayotgan avtoklavlangan gazobeton ishlab chiqariladi.

    Shuningdek, kompaniya vakillari 2024-2025-yillarda Navoiy hamda Termiz shaharlarida ikkita yangi zavod qurish, ishlab chiqarish liniyasini yetkazib berish va zavodlarni ishga tushirish boʻyicha memorandumni ham imzoladi.

    Andijon shahridagi zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 600 000 m/kub.ni, Urganch shahrida 300 000 m/kub.ni, umumiy qiymati esa 46 million yevroni tashkil etadi. Termiz hamda Navoiy shaharlaridagi gazobeton ishlab chiqaruvchi yangi zavodlar ham Germaniya ishlab chiqarish liniyalari bilan jihozlanadi.

    Termiz shahrida yiliga 300 000 m/kub ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan gazbeton zavodi, Navoiy shahrida esa yiliga 600 000 m/kub ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan gazbeton zavodi hamda 2 250 000 m/kv fibrotsement panellari zavodi quriladi. Memorandumning umumiy qiymati 75 million yevroni tashkil qiladi.