Bugungi kunda parrandachilik va chorvachilik xoʻjaliklarida boyitilgan ozuqalardan foydalanish mahsuldorlikni oshirishda muhim sanaladi. Shu bois, yurtimizning qishloq xoʻjaligi korxonalarida arzon va sifatli boyitilgan tarkibga ega  ozuqa mahsulotlariga boʻlgan talab hamisha yuqori sanaladi.

Ayni paytda Navoiy viloyatida yangi mahsulot turini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida “Karmana golden egs” korxonasi Germaniyaning shu yoʻnalishda ish olib boradigan yirik kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Kelusida MCHJ negizida viloyatimizda boyitilgan chorva ozuqasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan.