Shifokorlarning taʼkidlashicha, u qonning kislorod bilan toʻyingani darajasini koʻrsatib beruvchi uskuna boʻlib, pandemiya sharoitida kasallikka qarshi kurashda bemor salomatligini nazorat qilish imkonini beradi.

— Soha mutaxassislarining soʻzlariga qaraganda, agar bu koʻrsatgich past boʻlsa, bemorga darhol kislorod taʼminotini yoʻlga qoʻyish talab etiladi, – deydi “KNAUF” kompaniyasining Oʻzbekistondagi korxonasi rahbari Dmitriy Deripalko. — Binobarin, koronavirus va pnevmoniyaga qarshi kurashda bu uskunaning ahamiyati katta. Shu bois pulsoksimetrlar xarid qilish va ularni shifoxonalarga topshirishga qaror qildik.

Ushbu aksiya “Ezgu amal” fondining “STOP COVID-19” loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Bundan tashqari, “KNAUF” kompaniyasi mazkur fond orqali Buxorodagi uchta shifoxonaga yana 30 ta pulsoksimetr va 30 ta kislorod konsentratori ajratdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.