Bu preparat koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda yuqori samaraga ega.

Toshkentga bugun soat 21:00da keladigan yukning umumiy qiymati 20,6 mln yevroni tashkil qiladi.

Casirivimab/Imdevimab (“Roche” Shveysariyaning farmatsevtika kompaniyasidan) — COVID-19ga qarshilikni ishlab chiqarish uchun moʻljallangan sunʼiy “antitanachalar kokteyli”. Hozirgi vaqtda preparat ularning hali ham yangi shtammlarga chidamli yagona kombinatsiyasi hisoblanadi.

Tadqiqot natijalariga koʻra, preparat kasalxonaga yotqizish va koronavirusdan oʻlish darajasini 70%ga kamaytirdi, shuningdek kasallik alomatlarining davomiyligini 14 kundan 10 kungacha qisqartirdi.