Nomzodlar 39 yoshdan oshmagan boʻlishi va davolash sohasida kamida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
Tibbiyot kolleji/texnikumini (faqat 3 yillik diplom) tamomlagan boʻlishi ham talab etiladi.
Shuningdek, bemorlarga gʻamxoʻrlik qilish qobiliyatiga ega boʻlishi hamda Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etishi (2 bosqichli tanlovlardan muvafaqqiyatli oʻtgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi) va Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtishi kerak
Loyihada ishtirok etishni istagan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:
— Toshkent shahrida bepul turar joy;
— oʻquv xonasi;
— oylik stipendiya.
Shuningdek, “Globogate Recruiting GmbH” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:
— nemis tili oʻqituvchisi va oʻquv materiallari;
— til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
— hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
— oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
Batafsil maʼlumotlarni 71-202-33-55 (ichki raqamlar 88) yoki 1282 qisqa raqami hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rasimy telegramm kanalidan olishingiz mumkin.