Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Germaniyaning “DB Engineering Consulting Operations Group” kompaniyasi oʻrtasida ayni maqsadga qaratilgan bayon imzolandi.
“Deutsche Bahn” - Germaniyaning asosiy temir yoʻl operatori sanaladi. 100 foiz davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyati. Kompaniyaning umumiy aylanma kapitali 76 mlrd 303 million yevroni tashkil qiladi.
Endilikda Germaniyada transport, muhandislik sohalarida ishlash istagida boʻlgan yurtdoshlarimiz ushbu davlat standartlari asosida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik hamda Transport vazirliklari qoshidagi kasbiy taʼlim muassasalarida germaniyalik mutaxassislar tomonidan til va kasbga oʻrgatiladi.
“Germaniya temir yoʻl transporti, avtobus, metropoliten tizimi uchun mutaxassislarga ehtiyojimiz baland va ularni nemis standartlari asosida Oʻzbekistonda oʻqitib, kasb va til imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarni esa «Deutsche Bahn” tarmogʻiga ishga joylashtirishga tayyormiz»,– dedi Niko Varbanoff