Germaniyada attraksionda yuz bergan yong'in oqibatida 11 kishi jarohatlandi

    Germaniya shimoli-g'arbidagi Ler (Quyi Saksoniya) shahridagi attraksionda sodir bo'lgan yong'in oqibatida kamida 11 kishi jabrlandi. Bu haqda mahalliy politsiya bayonotida aytiladi.

    Uning so'zlariga ko'ra, uch kishi shifoxonaga yotqizildi.

    Hodisa har yili Lerga yarim millionga yaqin mehmonlarni jalb qiladigan Sharqiy Friziya hududidagi eng yirik xalq bayramida yuz berdi. Yong'in tezda o'chirildi. Hodisa sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda, deb xabar beradi tass.ru.