Mazkur shartnoma Akademiyaning xalqaro aloqalarini rivojlantirish yoʻlidagi yangi bir muhim qadamdir.
Bank-moliya akademiyasi 25 yildan beri banklar va moliya institutlari uchun menejerlar va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab kelayotgan bazaviy oliy oʻquv yurtidir. Akademiyaning toʻrt ming bitiruvchisi orasida yirik davlat va xususiy banklar, hukumat idoralari, vazirliklar va idoralarning rahbarlari bor.
Milliy Bank koʻmagida Akademiya texnologiya, ilm-fan va tadbirkorlikni birlashtiruvchi, mamlakat va butun Markaziy Osiyo mintaqasining yeng yaxshi ongini oʻrganishga jalb qiluvchi xalqaro taʼlim markazini yaratishni nazarda tutuvchi uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini amalga oshirmoqda. Bugungi kunda oʻquv butunlay qayta ishlab chiqilgan innovatsion taʼlim dasturi boʻyicha olib borilmoqda. Unga koʻra 50 foizdan ortiq fanlar AQSH, Shveysariya va Rossiyadan kelgan chet ellik oʻqituvchi-amaliyotchilar tomonidan oʻqitiladi. Akademiya talabalari raqamli bank va moliyaviy texnologiyalarga yangicha yondashuvlarni oʻzlashtirmoqda.
Pandemiyaga qaramay, Akademiya xalqaro aloqalarni faol rivojlantirmoqda; Rossiya va Qozogʻistonning yetakchi biznes maktablari bilan hamkorlik toʻgʻrisida memorandumlar imzolandi.
Akademiyaning xalqaro aloqalarini rivojlantirishning yangi bosqichi Germaniya Federativ Respublikasida vakolatxonasining ochilishi boʻladi.
Leybnis nomidagi Fanlararo tadqiqotlar instituti (LIFIS) 2002-yilda tashkil etilgan boʻlib, oʻz vazifasini umuman ilm-fan sohasida, xususan Berlin Leybnis ilmiy jamiyatida, shuningdek, ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida amaliy aloqalarni boshlash va qoʻllab-quvvatlashda koʻradi. Shuningdek LIFIS chet ellik xamkorlar bilan fanlararo muloqotni tashkillashtiradi va qoʻllab-quvvatlaydi, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolar boʻyicha ilmiy konsultatsiyalar oʻtkazadi.
LIFIS Yevropa qayta tiklanadigan yenergiya assotsiatsiyasi (YEREC) va Biocon Valley xalqaro biotexnologiya kampaniyasi kabi nufuzli tashkilotlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.
Hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida ilm-fan, taʼlim va gumanitar hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida Bank-moliya akademiyasi va Leybnis nomidagi Fanlararo tadqiqotlar instituti mutaxassislarining saʼy-harakatlarini birlashtirishga imkon beradi. Akademiya talabalari va oʻqituvchilari Germaniyada amaliyot va malaka oshirish uchun yuboriladi.
Taʼkidlash joizki, yangi oʻquv yilida Akademiya 400 nafar bakalavr va magistrlarni qabul qiladi va abituriyentlarni roʻyxatga olish www.qabul.bfa.uz veb-saytida allaqachon ochiqligini maʼlum qiladi.