Germaniyada ishlash uchun talablar eʼlon qilindi

    Mamlakatimizda 22 Fevral 2021 58732

    Xorijda ishlash istagida boʻlgan yurtdoshlarimizning chet elda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat bilan band boʻlishi hamda dunyoning rivojlangan davlatlarida munosib ish oʻrinlariga joylashtirish choralari koʻrilmoqda, deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.

    Bu borada Germaniyaning vakolatli tashkilotlari bilan kelishuvga erishilib, dastlab 500 nafarga yaqin Oʻzbekiston fuqarolarini “GfM Gruppe” agentligi orqali ushbu davlatda tibbiyot, qurilish, yoʻlsozlik, informatsion texnologiyalari, logistika, qariyalarni parvarish qilish, metall konstruksiyalari va boshqa texnik sohalarda mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun tashkiliy tartibda yuborish koʻzda tutilmoqda.

    Shu munosabat bilan, Germaniyada dastlab dual tizimida, yaʼni bir paytning oʻzida kasb oʻrganish va haq toʻlanadigan ishga, keyinchalik toʻliq ishga jalb qilish maqsadida ish beruvchilarning talablariga toʻgʻri keladigan nomzodlarni aniqlash va ularning bazasini shakllantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari taklif etiladi.

    Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

    • 18-27 yoshgacha boʻlishi;
    • maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan boʻlishi;
    • nemis tilini kamida V1, yaʼni mustaqil muloqot qilish darajasida bilishi;
    • Germaniyada kamida 3 yil muddat davomida mehnat faoliyatini amalga oshirishga tayyor boʻlishi;
    • odamlarga nisbatan ochiqkoʻngil va tez muloqotga kirishuvchan boʻlishi;
    • sogʻlom va sudlanmagan boʻlishi lozim;
    • ish vaqti: 3 smenada 8 soatdan;
    • sinov muddati: 6 oy.

    Agar nomzod amaliyotdan muvaffaqiyatli oʻtmasa yoki kasb oʻrganishni davom ettirish uchun mos kelmaydigan, deb hisoblansa, u oʻz mablagʻlari yoki sugʻurta xarajatlari hisobidan Oʻzbekistonga qaytariladi.

    Germaniyada ishlash istagida boʻlgan fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishlari mumkin.

    • Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: 1282 (qisqa raqami) yoki 71 202-33-55, 71 200-00-61.
    • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – (61) 222-53-32, (61) 222-53-34;
    • Andijon viloyati – (95) 202-33-55;
    • Buxoro viloyati – (99) 708-49-98;
    • Jizzax viloyati – (72) 226-91-97, (72) 226-91-87;
    • Qashqadaryo viloyati – (75) 224-05-25, (97) 311-70-20, (97) 770-04-92;
    • Navoiy viloyati – (79) 224-11-60;
    • Namangan viloyati – (69) 227-94-64, (69) 227-97-27;
    • Samarqand viloyati – (66) 233-24-00, (66) 233-53-00;
    • Sirdaryo viloyati – (67) 225-55-59;
    • Surxondaryo viloyati – (76) 222-45-22;
    • Toshkent viloyati – (55) 900-33-10;
    • Fargʻona viloyati – (73) 244-56-69;
    • Xorazm viloyati – (62) 224-12-35;
    • Toshkent shahri – (71) 202-33-55 (ichki raqam 39).