Germaniyada Orban kortejiga hamrohlik qilgan politsiyachi vafot etdi

    Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban kortejini Shtutgart aeroportiga kuzatib borgan nemis politsiyachisi yo'l-transport hodisasida halok bo'ldi, deb xabar bermoqda politsiya va nemis OAVlari.

    “Dushanba kuni ertalab Shtutgart-Degerlox hududida fojiali baxtsiz hodisa oqibatida 61 yoshli politsiyachi shu qadar og'ir jarohat oldiki, u tez orada kasalxonada vafot etdi. 27 yoshli politsiyachi esa og'ir jarohat oldi va davolanmoqda”, deyiladi huquq-tartibot idoralari matbuot xizmati xabarida.

    Hodisaga yo'lning yopilishini payqamagan haydovchining ikki politsiya mototsikli bilan to'qnashib ketgani sabab bo'lgan. Spiegel nashrining yozishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari Shtutgart aeroportiga yo'l olgan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban kortejiga hamrohlik qilgan.

    Qayd etilishicha, avvalroq Yevropa chempionatining Vengriya va Shotlandiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yiniga tashrif buyurgan Vengriya Bosh vaziri jarohat olmagan va uning korteji voqea sodir bo'lganidan ko'p o'tmay harakatlanishda davom etgan, deb xabar beradi ria.ru.