Germaniyada poyezd va yuk mashinasining to'qnashib ketishi oqibatida bir kishi hayotdan ko'z yumdi, 25 kishi jarohatlandi

    Germaniyada tezyurar poyezdning yuk mashinasi bilan to'qnashib ketishi oqibatida kamida bir kishi halok bo'ldi, 25 kishi jarohatlandi.

    Bu haqda DPA agentligi o't o'chirish xizmati vakiliga tayanib yozmoqda.

    Unga ko'ra, hodisa oqibatida 55 yoshli erkak vafot etgan. Kamida 25 kishi jabrlangan, ulardan 6 nafari o'rtacha, 19 nafari yengil jarohat olgan.

    Qayd etilishicha, hozirda 291 yo'lovchi poyezdni tark etgan.

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, poyezd yaqinlashganda yuk mashinasining orqa qismi relsda bo'lgan. Yuk mashinasi temir yo'l qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyaga tegishli, deb xabar beradi report.az.