Bild gazetasining xabar berishicha, yong'in, dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, palatalardan birida boshlangan. Yong'in signalizatsiyasi chalingan. Taxminlarga ko'ra, marhum yong'in sodir bo'lgan palatadagi bemor bo'lgan.
Voqea joyiga yetib kelgan o't o'chiruvchilar yong'inni o'chirishdi.
13 nafar bemor tutundan nafas olgani yoki boshqa tibbiy yordamga muhtojligi sababli boshqa shifoxonalarga o'tkazilgan. Bir nechta o't o'chirish mashinalari, tez yordam mashinalari va tibbiyot xodimlari jalb qilingan. Shifoxonaning ayrim qismlaridan foydalanish imkonsizligi sababli 150 nafarga yaqin bemorni yaqin atrofdagi poliklinikalarga o'tkazishga to'g'ri keldi.
Yong'inning aniq sabablari aniqlanmadi. Politsiya tergov ishlarini olib bormoqda, deb xabar beradi report.az.