Poyezdda yashirinib ketgan mushukni faqat bir yoʻlovchi koʻrib qolgan va politsiyaga xabar qilgan. Hamburgda hayvonni tutib olishib, unga darhol bir kosa suv berishgan. Keyin esa politsiyachilar uni hayvonlar boshpanasiga olib borishgan.

Guvohlar politsiyaga aytishicha, Lyubek-Moysling stansiyasida nomaʼlum bir ayol mushukni tutishga uringani, ammo tuta olmagini aytishdi. Endi esa ushbu lyubeklik mushukning egalari Hamburgdagi boshpanadan uni bemalol olib ketishlari mumkin.